Gadjetlar

Samsung bukilishi deyarli sezilmaydigan smartfon ustida ishlamoqda

Ushbu texnologiya Galaxy Z Fold 8 modelida qo‘llanilishi ham mumkin
Samsung bukilishi deyarli sezilmaydigan smartfon ustida ishlamoqda / Foto: WCCF Tech

Samsung kompaniyasi ekranda bukilishi deyarli ko‘zga tashlanmaydigan yangi smartfonni ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda DealSite xabar berdi.

Koreys giganti bu maqsadda ikki qatlamli ultratin himoya shisha (UTG) displey yaratishni rejalashtirmoqda. Bunday shisha displey panelining yuqori va pastki qismida joylashtiriladi. Bu esa bukilish chizig‘ining kamida 20% kamayishini ta’minlashi kutilmoqda. Ehtimol, ushbu texnologiya Galaxy Z Fold 8 modelida qo‘llanadi.

CES 2026 ko‘rgazmasida kompaniya bukilmas ekranni namoyish qilgan. Texnologiya ancha murakkab va o‘ylanganidan qimmatga tushishi ham mumkin. UTG esa arzonroq va Samsung’ning barcha bukilmas smartfonlarida bir necha yildan beri ishlatiladigan ishonchli material hisoblanadi.

Hozircha ikki qatlamli shishaning ekranning boshqa texnik xususiyatlariga qanday ta’sir qilishi ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S26 Ultra qanday ranglarda taqdim etilishi haqida yozgan edik.