Sherzodxon Qudratxo‘ja: tahdidlar kuchaysa O‘zbekiston yadroviy bombacha qilishga harakat qilishi mumkin

eʼlon qilindi
Rektor fundamental ilmni rivojlantirish kerakligini qayd etdi
Foto: Videodan ekran tasviri

O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja global xavfsizlikdagi o‘zgarishlar va ehtimoliy tahdidlar sharoitida kuchli davlatlar ilm-fan va fundamental tadqiqotlarga tayanishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, iqtisodiyoti va ilmiy bazasi yetarli bo‘lgan davlatlar, zarurat tug‘ilsa, xavfsizlik masalasida yadroviy choralar haqida ham o‘ylashga majbur bo‘ladi.

«Nimaga Isroilda bor? Nega Eronda va endi bor deyishadi? Nimaga O‘zbekistonda bo‘lmasligi kerak? Va bu dunyoda, kechirasizlar, o‘sha kuch markazlarini nima qiladi. Men o‘ylayman, agarda O‘zbekiston juda xohlasa, O‘zbekistonda biz nima qilishimiz kerak? Fundamental naukani rivojlantirishimiz kerak», — deya qayd etgan rektor.

«Ular shohida yursa, biz bargida yuramiz» — Sherzodxon Qudratxo‘ja

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Alisher Qodirov maktabni tugatganlarni 1,5 yillik armiyaga yuborishni taklif qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek