
O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja global xavfsizlikdagi o‘zgarishlar va ehtimoliy tahdidlar sharoitida kuchli davlatlar ilm-fan va fundamental tadqiqotlarga tayanishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, iqtisodiyoti va ilmiy bazasi yetarli bo‘lgan davlatlar, zarurat tug‘ilsa, xavfsizlik masalasida yadroviy choralar haqida ham o‘ylashga majbur bo‘ladi.
«Nimaga Isroilda bor? Nega Eronda va endi bor deyishadi? Nimaga O‘zbekistonda bo‘lmasligi kerak? Va bu dunyoda, kechirasizlar, o‘sha kuch markazlarini nima qiladi. Men o‘ylayman, agarda O‘zbekiston juda xohlasa, O‘zbekistonda biz nima qilishimiz kerak? Fundamental naukani rivojlantirishimiz kerak», — deya qayd etgan rektor.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Alisher Qodirov maktabni tugatganlarni 1,5 yillik armiyaga yuborishni taklif qilgani haqida yozgan edi.
