Zominda Tracker soylikka tushib ketdi — video

Jizzax viloyatining Zomin tumanida Tracker avtomobili qishloqdagi soylikka tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi 18-yanvar kuni Zomin tumanining Usmonlisoy qishlog‘i hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida yuz bergan. Bunga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetidagi soylikka tushib ketgan.
Holat yuzasidan Zomin tumani FVB O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ixtisoslashtirilgan yong‘in-qutqaruv otryadiga xabar kelib tushgach, aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida avtomobilni xavfsiz hududga olib chiqqan.
Vazirlikning yozishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda Xiaomi SU7 avtomobili «avtoparkovka» rejimida suv havzasiga tushib ketgandi.