Gadjetlar

3300 yevrolik Huawei Watch Ultimate Design Royal Gold soati namoyish etildi

Xitoyda odatiy versiyaning narxi $1 minggacha baholanmoqda
3300 yevrolik Huawei Watch Ultimate Design Royal Gold soati namoyish etildi / Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi yangi Huawei Watch Ultimate Design Royal Gold aqlli soatini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Ushbu model dizayni bilan alohida ajralib turadi. Korpusi binafsha va oltin uyg‘unligida zirkoniy asosidagi suyuq metall qotishmasidan yasalgan. Kermik bezel 18 va 24 karat oltin bezaklar bilan bezatilgan, sozlash tugmasi esa 18 karat oltin bilan qoplangan. Ekran sapfir oynasi bilan himoyalangan. Bilak tasmasi titan qotishmasidan ishlangan.

Foto: Huawei
Foto: Huawei

Premium materiallar va dizayn modelni odatiy versiyadan ajratib turadi. Xitoyda odatiy versiya taxminan $1 minggacha sotilmoqda.

Soat, shuningdek, mini-sonar bilan jihozlangan bo‘lib, foydalanuvchiga 30 metr chuqurlikda xabar yuborish, 60 metr chuqurlikdan SOS signallarini jo‘natish va shu modeldagi boshqa soatlar orqali signal uzatib, qamrov masofasini kengaytirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Watch X5 smart soati xususiyatlari haqida xabar bergan edik.