Yangiliklar

Jizzaxda yangi Mikrosanoat va xizmat ko‘rsatish markazi ochildi

Markaz 35 ta loyihani o‘z ichiga oladi
Jizzaxda yangi Mikrosanoat va xizmat ko‘rsatish markazi ochildi / Foto: Senat.uz

Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hududida yangi Mikrosanoat va xizmat ko‘rsatish markazi barpo etildi va faoliyat boshladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, umumiy qiymati 45 mlrd so‘mni tashkil etuvchi markazda jami 35 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada hududdagi 1 ming nafar aholi bandligi ta’minlanib, ular doimiy daromad manbaiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ushbu markaz o‘rnida ilgari chiqindi poligoni joylashgan. Mazkur loyiha nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga, balki ekologik vaziyatni yaxshilash va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chirchiqda Airbus vertolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish markazi ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik.