Metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritildi, oltin narxi 4,7 ming dollardan oshdi — 20-yanvarda e’lon qilingan muhim yangiliklar

eʼlon qilindi
20-yanvarda e’lon qilingan muhim yangiliklar dayjesti Kursiv Uzbekistan materialida
Воздух в Ташкенте 29 декабря
Foto: Tashkent Land

Metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritildi, oltin narxi 4,7 ming dollardan oshdi  20-yanvarda e’lon qilingan muhim yangiliklar dayjesti Kursiv Uzbekistan materialida.

Sovuq ob-havo sabab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi

метановая заправка
Foto: Autostrada.uz

Havo haroratining keskin pasayishi sababli O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari – metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi. Qayd etilishicha, tabiiy gazga bo‘lgan talabning keskin oshishi ayrim hududlarda gaz quvurlarida bosim pasayishiga olib kelgan. Shu sababli energiya resurslarini aholiga uzluksiz yetkazib berish maqsadida energetika tizimi 24 soatlik kuchaytirilgan ish rejimida faoliyat yuritmoqda.

Zomindagi kanat yo‘li 200 mlrd so‘mdan ko‘proqqa sotildi

O‘zbekiston Milliy banki Zomin tumanida joylashgan kanat yo‘lini auksion orqali sotdi. Savdolar E-auksion platformasida bo‘lib o‘tdi. Auksionga kanat yo‘lini boshqaruvchi Zomin Ropeway kompaniyasining 100 foiz ulushi qo‘yildi. Savdolar yakuniga ko‘ra, g‘olib sifatida Ref Ropeway Invest kompaniyasi e’tirof etildi. Xarid summasi 215,067 mlrd so‘mni tashkil etdi va mablag‘ to‘liq to‘langan.

Metan «otmen»: birja savdolariga chiqariladigan avtobenzin hajmi oshiriladi

24-dekabr kuni metan "zapravka” qaysi vaqtlarda ishlaydi
Foto: Energetika vazirligi

Sovuq ob-havo tufayli metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritilishi ortidan «O‘zbekneftgaz”»AJ birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmini talabdan kelib chiqib oshiradi. Qayd etilishicha, aholi va bozorni avtobenzin bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida barcha hududlarda yetarli miqdorda yoqilg‘i zaxiralari shakllantirilgan. Avtobenzinga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan va buning uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Jizzaxda yangi Mikrosanoat va xizmat ko‘rsatish markazi ochildi

Jizzax viloyatida yangi Mikrosanoat va xizmat ko‘rsatish markazi ishga tushdi
Foto: Senat.uz

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani hududida yangi Mikrosanoat va xizmat ko‘rsatish markazi barpo etildi va faoliyat boshladi. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 45 mlrd so‘mni tashkil etuvchi markazda jami 35 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada hududdagi 1 ming nafar aholi bandligi ta’minlanib, ular doimiy daromad manbaiga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda «Aqlli» migratsiya shoxobchalari joriy etiladi

O‘zbekistonda «Aqlli» migratsiya shoxobchalari joriy etiladi
Foto: Sun’iy intellekt

Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istondagi har bir tuman yoki shaharda migratsiya va personalizatsiya bo‘linmalarida SI asosida «Aqlli» migratsiya shoxobchalari tashkil etiladi. Dastlabki bosqichda «Aqlli» shoxobchalarda belgilangan davlat xizmatlari ko‘rsatiladi, so‘ngra Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Mazda 6e avtomobili nega ommalashmoqda

Foto: Motor1 Italy

Xitoyda Changan bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan Mazda 6e elektromobili Yevropa bozorida muvaffaqiyatli start oldi. Model 2025-yil sentabrdan buyon Yevropada sotuvga chiqarilgan. Oradan besh oyga ham yetmay, model 7 mingdan ortiq xaridorlar topgan. Yangi va faqat elektr avtomobil uchun bu sezilarli natija hisoblanadi.

GM yangi avtomobilini arzonroq narxda chiqardi

GM yangi avtomobilini arzonroq narxda chiqardi
Foto: GMAutority

General Motors (GM) kompaniyasining Xitoydagi SAIC-GM-Wuling qo‘shma korxonasi 2026-yilgi Wuling Starlight 560 modelini rasmiy ravishda savdoga chiqardi. Krossover Xitoy bozorida yanada raqobatbardosh bo‘lishi uchun dastlab e’lon qilinganidan pastroq narxlarda taklif qilinmoqda. Model Xitoyda taqdim etilganiga bir oy bo‘lmasdan narxlar qayta ko‘rib chiqildi. Starlight 560 ixcham va o‘rta o‘lchamli SUV segmentiga mo‘ljallangan bo‘lib, kundalik harakatlanish va oilaviy safarlar uchun ishlab chiqilgan.

21-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Курс доллара на 21 января
Foto: Unsplash

21-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 21,58 so‘mga oshib, 12 072 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 149,44 so‘mga oshib, 14 158,35 so‘mni, rubl 0,47 so‘mga oshib, 155,16 so‘mni tashkil qildi.

O‘zbekiston ilk bor FIFA Series turniriga mezbonlik qiladi

Foto: NBC News

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda ilk bor FIFA Series xalqaro turniri o‘tkaziladi. Musobaqada ishtirok etadigan barcha milliy terma jamoalar nomi rasman e’lon qilindi.

FIFA tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ushbu musobaqa har ikki yilda bir marta tashkil etiladi. Loyiha doirasida turli konfederatsiyalarga mansub terma jamoalar o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Musobaqa to‘rt jamoa ishtirokidagi mini-turnirlar shaklida bitta markazlashgan mezbon davlatda bo‘lib o‘tadi.

Eldor Shomurodov Turkiyada chempionatining 18-tur ramziy jamoasidan joy oldi

Eldor Shomurodov / Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va «Bashakshehir» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida 18-turining ramziy terma jamoasiga kiritildi. «Bashakshehir» klubi Turkiya chempionatining navbatdagi turida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu uchrashuvda hamyurtimiz Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, jamoasining muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi. Hujumchi o‘zining faolligi va raqib darvozasiga kiritgan muhim goli bilan ajralib turdi.

2026-yilgi Chevy Trailblazer narxi yana oshdi

2026-yilgi Chevy Trailblazer narxi yana oshdi
2026-yilgi Chevy Trailblazer narxi yana oshdi / Foto: GM Authority

General Motors 2026-yilgi Chevy Trailblazer modeli narxini uchinchi bor oshirdi. Barcha komplektatsiyalar narxi $100 ga qimmatlashdi. Yetkazib berish (transport) uchun belgilangan to‘lov esa o‘zgarishsiz $1,8 ming bo‘lib qoldi. Eng arzon variant old g‘ildirakdan tortuvchi (FWD) LS komplektatsiyasi 1,2 litrli turbomotor bilan endi $25,1 mingdan boshlanadi. Eng qimmat versiyalar RS AWD va Activ AWD $31,3 mingga yetdi.

Oltin narxi 4,7 ming dollardan oshdi: bozorlarda xavotir kuchaydi

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi yana oshdi
Foto: ABC News

Jahon bozorida oltin narxi tarixiy rekordni yana bir bor yangiladi. 20-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:05 holatiga oltin narxi bir unsiya uchun $4 715 mingni tashkil etdi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, bunga AQShning Grenlandiya bo‘yicha talablariga doir noaniqliklar va global siyosiy vaziyat sabab bo‘lib, investorlar xavfsiz aktivlarga murojaat qilmoqda.

Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi

Foto: Sergio Delle Vedove/Zoonar/picture alliance

Rasmiy Kishinyov Moldovaning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zoligi asosidagi uchta asosiy kelishuvni denonsatsiya qilish jarayonini boshladi. Bu haqda 19-yanvar kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Mixay Popshoy Moldova radiosida e’lon qildi. Vazir ushbu kelishuvlar bekor qilingandan so‘ng Moldovaning a’zoligi bir muncha vaqt oldin to‘xtatilganiga qaramay, endi mamlakat MDH a’zosi bo‘lmasligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Xitoyga 2025-yilda 773 mln dollarlik gaz sotdi

На плато Устюрт обнаружен новый приток газа
Foto: O‘zbekneftgaz

2025-yilning oxiriga kelib, O‘zbekiston Xitoyga quvur liniyasi orqali taxminan 773 million dollarlik gaz eksport qildi. Rossiya ushbu energiya resursini Xitoyga sotayotgan mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda turadi. So‘nggi yillarda Xitoy tomonidan chet eldan sotib olingan quvur liniyasi gazining hajmi ko‘rsatilmagan.

Shuningdek