Motorola edge 70 Fusion kuchli batareya bilan taqdim etiladi

20-yanvar 2026 11:30 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Motorola edge 70 Fusion kuchli batareya bilan taqdim etiladi / Foto: Motorola

Motorola edge 70 Fusion tezkor ekran va katta sig‘imli batareyaga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda insayder Evan Blass ma’lum qildi.

Qurilma 6,78 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan bo‘lib, ruxsati 1,5K va kadr yangilanish chastotasi 144 Hzni tashkil etadi. Smartfon 7000 mAh quvvatga ega batareya va 68 vatt tezkor quvvat olish imkoniyati bilan ta’minlanadi.

Asosiy platforma sifatida Snapdragon 7s Gen 3 SoC ishlatiladi, 8 GB operativ va 256 GB ichki xotira bilan to‘ldiriladi. Qurilmada 50 MP LYTIA sensorli asosiy kamera, suvdan himoya IP69, harbiy standart bo‘yicha himoya MIL-STD-810H mavjud. Shuningdek, smartfon 3 yil davomida operatsion tizim yangilanishlariga ham ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Motorola Swarovski kristallari bilan bezatilgan Edge 70 modelini tayyorlayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek