OnePlus 16 rekord darajadagi avtonomlik va 200 Mp kameraga ega bo‘lishi kutilmoqda

OnePlus kompaniyasi hozirda faol ishlab chiqish bosqichida bo‘lgan yangi flagman OnePlus 16 ustida ishlamoqda. Ma’lumotlariga ko‘ra, qurilma rekord darajadagi 9000 mA/soat quvvatga ega batareya bilan jihozlanadi.
Sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi modelda yirik sensorli 200 megapikselli periskop telefoto obyektivi va yangilanish chastotasi 200 Gs bo‘lgan ekran qo‘llanilishi kutilmoqda. Akkumulyator sig‘imi 9000 mA/soatni tashkil etishi mumkin, bu esa avvalgi OnePlus 15 modeli (7300 mA/soat) ko‘rsatkichidan sezilarli darajada yuqoridir.

Qurilmaning rasmiy taqdimoti 2026-yilning kuzidan ertaroq bo‘lmasligi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, OnePlus 16 smartfoni «Snapdragon 8 Elite Gen 6» protsessori bazasida ishlashi kutilmoqda. Kompaniya ayni paytda yuqori avtonomlikka ega prototiplarni sinovdan o‘tkazayotgani aytilayotir.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan OnePlus yangi Turbo 6 va Turbo 6V smartfonlarining taqdimot sanasini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.