O‘zbekistonda ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 17 millionga yetkaziladi

20-yanvar 2026 18:45 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
13 ta oltin! O‘zbekiston sportchilari Bahraynda porladi
Foro: MOQ

Shavkat Mirziyoyev bugun, 20-yanvar kuni sport sohasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilga mo‘ljallangan vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar soni 15 million nafarga yetgan. Yaqin istiqbolda bu ko‘rsatkichni 17 million nafarga yetkazish vazifasi belgilandi. Buning uchun sport maktablarining mahallalargacha kirib borishini ta’minlash, yoshlarni erta aniqlash va ularni tizimli tayyorlash muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, Prezident Olimpiadasi orqali iqtidorli sportchilarni ochiq va shaffof saralash tizimini kengaytirish, musobaqalarni yiliga ikki marta o‘tkazish hamda sport turlari sonini bosqichma-bosqich 20 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turnirida prinsipial raqibini mag‘lub etgani haqida yozgandi.

Shuningdek