O‘zbekistonning 6 ta viloyatida yana qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
«O‘zgidromet» ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘radi
Chimyonda qor ko‘chishi
Foto: Facebook.com

2026-yil 21 – 26-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda «O‘zgidromet» ogohlantirdi.

Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida, Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari) hamda Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi bor.

Foto: «O‘zgidromet»

Shu sababli tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li joylarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 – 19-yanvar kunlari ham yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilingandi.

Shuningdek, «Kursiv» O‘zbekistonda yanvar oyida qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgandi.

Shuningdek