
Realme kompaniyasi Realme P4 Power modelini rasman taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Qurilma 10 000 mA·soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lib, uzoq muddat ishlash imkonini beradi. Orqa qopqoq ikki turdagi pardoz bilan ishlab chiqilgan: mat pastki qismi yarim shaffof yuqori qism bilan uyg‘unlashtirilgan.

Foydalanuvchilarga kumush, to‘q sariq va ko‘k ranglarda taklif etiladi. Qurilma to‘rt yil davomida xavfsizlik yangilanishlarini oladi va uchta katta Android yangilanishiga ega bo‘ladi.
Texnik xususiyatlariga ko‘ra, smartfon Dimensity 7400 chipi asosida ishlaydi. Ekran OLED texnologiyasiga ega, diagonali 6,78 dyuym, ruxsati 1,5K va yangilanish chastotasi 144 Hz. Asosiy kamera bloki 50, 8 va 2 MP sensorlardan iborat, old kamera esa 16 MP.

Yon ramka plastikka ega, maksimal tezkor quvvatlash kuchi 80 Vt, og‘irligi 218 gramm. Qurilma IP69 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan. Smartfonining taxminiy narxi $275 dan arzon bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme arzon narxdagi Pad 3 5G planshetini taqdim etgan edi.