Yangiliklar

Samsung Galaxy A57 arzon displey bilan taqdim etiladi

Smartfon narxini arzonlashtirish maqsadida
Samsung Galaxy A57 arzon displey bilan taqdim etiladi / Foto: BlackpinK

Samsung kompaniyasi Galaxy A57 modelida Xitoyda ishlab chiqarilgan CSOT OLED-displeylaridan foydalanishi mumkin. Bu haqda Business Koreya nashri ma’lum qildi.

Kompaniya smartfon narxlarini ushlab turish va rivojlanayotgan bozorlar, xususan, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyoda xaridorlar uchun narxni maqbul qilish maqsadida Samsung Display o‘rniga arzonroq CSOT panellarini qo‘llaydi.

O‘tgan yili Samsung dunyodagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchi unvonini Apple’ga boy berdi. Vyetnam bozorida kompaniyaning ulushi 31% dan 28% ga tushdi, Xiaomi va Oppo esa ulushini oshirdi.

CSOT ekranlari Galaxy A57 narxini avvalgi darajada saqlashga yordam beradi va Xitoy brendlarining bozorga kirib kelishini sekinlashtiradi. Vertikal integratsiya tufayli Samsung xotira, kamera va platalarni o‘zida ishlab chiqarib, xarajatlarni nazorat qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung bukilishi deyarli sezilmaydigan smartfon ustida ishlayotgani haqida yozgan edik.