Toshkent 2026-yilda nufuzli xalqaro sport tadbirlariga mezbonlik qiladi

20-yanvar 2026 19:30 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
O‘zbekiston va Saudiya o‘rtasida muhim futbol bahsi bo‘lib o‘tadi
Foto: PFL

2026-yil yanvar oyida Toshkent shahrida bir qator yirik xalqaro sport tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevga sport sohasiga oid taqdimot davomida ma’lumot berildi.

Xususan, Osiyo olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi, Butunjahon suzish federatsiyasi Ijroiya byurosi yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping agentligi anjumani Toshkentda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Ushbu tadbirlarda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, WADA va xalqaro sport federatsiyalari rahbarlari qatnashadi.

Umumiy hisobda 360 nafardan ortiq xorijiy mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Davlat rahbari ushbu nufuzli tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 17 millionga yetkazilgani haqida yozgandi.

Shuningdek