Gadjetlar

Vivo X200T smarfoni kelasi hafta taqdim etiladi

27-yanvar kuni
Vivo X200T smarfoni kelasi hafta taqdim etiladi / Foto: GSM Arena

Vivo kompaniyasi X200 seriyasida yangi smartfon modeli X200T’ni taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda GSM Arena ma’lum qildi.

Kompaniya ma’lum qilishicha, X200T modeli keyingi hafta sotuvga chiqariladi. Qurilma sayohat qilish va real sharoitlarda suratga olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy ishlash platformasi Dimensity 9400+ chipiga tayangan. Shu sababli smartfon yuqori unumdorlikni ta’minlaydi.

Foto: The Hans India

Qurilmaning kamera tizimi uchta 50 MP sensordan iborat. Asosiy kamera Sony IMX921 sensori (1/1,56 dyuym), super keng burchakli kamera ISOCELL JN1 sensori (1/2,76 dyuym) va telefoto kamera Sony IMX882 sensori (1/1,95 dyuym) bilan jihozlangan bo‘lib, 100 baravar yaqinlashtirish imkonini beradi. Zeiss kompaniyasi kameralarni sozlash jarayonida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, smartfon IP69 himoyasi, 6200 mA/soat sig‘imli batareya hamda simli rejimda 90 Vt, simsiz rejimda esa 40 Vt quvvat bilan zaryadlash imkoniyatiga ega. Vivo X200T 6,67 dyuymli ekran bilan jihozlangan bo‘lib, yangilanish chastotasi 120 Gts ni tashkil qiladi. Ekran sozlamalarida Zeiss kompaniyasi ishtirok etganligi ma’lum qilingan.

Foto: Beebom Gadgets

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo S50 va S50 Pro Mini smartfonlarini Xitoyda namoyish qilingan edi.