Xiaomi SU7 elektromobili rekordni yangiladi

20-yanvar 2026 11:21 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Xiaomi

Xiaomi SU7 24 soatlik sinovda Xpeng P7 rekordini yangiladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Avtomobil sinov davomida 4 264 km masofani bosib o‘tgan.

Sinov 2024-yil 20–21-noyabr kunlari Tsyansu viloyatining Yancheng shahrida o‘tkazilgan. Xiaomi SU7 test vaqtida soatiga 240 km tezlikda harakatlangan va faqat batareyani quvvatlash uchun to‘xtagan. Natijada u ommaviy ishlab chiqariladigan elektromobillar orasida 24 soatlik masofa bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Avvalroq Xpeng P7 ushbu sinovda 3 961 km natija qayd etgan edi.

Foto: Xiaomi

Yangilangan SU7 modeli 2026-yilgi versiya sifatida taqdim etilmoqda. U 7-yanvardan boshlab Xitoyda oldindan sotuvga chiqarilgan va aprel oyida bozorga chiqishi rejalashtirilgan. Model tashqi ko‘rinishda kichik o‘zgarishlar olgan bo‘lsa-da, texnik jihatdan sezilarli yangilanishlarga ega bo‘ldi.

Foto: Xiaomi

SU7 Max versiyasi 897 voltli yuqori kuchlanishli tizim va 101,7 kVt/soat sig‘imdagi NMC batareya bilan jihozlangan. Tezkor quvvatlash quvvati 530 kVtgacha yetadi. Elektromotorlar umumiy hisobda 681 ot kuchi quvvat ishlab chiqaradi. Avtomobilning maksimal tezligi 265 km/soatni tashkil qiladi. Bir martalik quvvat bilan yurish zaxirasi 835 km deb baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilda Xitoyda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek