XVJ 2026-yilgi global iqtisodiyot bo‘yicha prognozini yaxshiladi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) tahlilchilari global iqtisodiyotning bu yil 3,3 foizga va 2027-yilda 3,2 foizga o‘sishini taxmin qilmoqda. Bu haqda jamg‘armaning yangi hisobotida keltirilgan.
Oktabr oyidagi nashr bilan taqqoslaganda, jamg‘armaning bu yilgi World Economic Outlook’dagi prognozi 0,2 foiz punktga oshirildi, 2027-yilga prognozi esa o‘zgarishsiz qoldi.
XVJ bu yil AQShda iqtisodiy o‘sishni 2,4 foiz, Yevropa hududida 1,3 foiz, Yaponiyada 0,7 foiz, Buyuk Britaniyada 1,3 foiz, Xitoyda 4,5 foiz, Hindistonda 6,4 foiz, Rossiyada 0,8 foiz va Polshada 3,5 foizga prognoz qilmoqda.
Yanvar oyidagi hisobotda Belarusdagi iqtisodiy o‘sishga baho berilmagan.
Global inflyatsiya 3,8 foizni tashkil qildi, bu oktabr oyidagi hisobotga nisbatan 0,1 foiz punktga ko‘p. Tovarlar va xizmatlarning global savdosi bu yil 2,6 foizga va kelgusi yilda 3,1 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining bosh iqtisodchisi Pyer-Olivye Gurinshaning Financial Times nashriga bergan intervyusida aytishicha, agar sun’iy intellekt unumdorlikni oshirmasa, global iqtisodiyotning barqarorligi xavf ostida qoladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 2026-yilda 6 foiz atrofida bo‘lishi kutilayotgani haqida yozgandi.