2025-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar ma’lum qilindi

21-yanvar 2026 12:15 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2025-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar ma’lum qilindi
2025-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar ma’lum qilindi / Foto: SI yordamida qayta ishlandi

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar – dekabr oylarida qariyb 457,9 ming yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 6,7 foizga o‘sishni ko‘rsatadi.

Foto: Chevrolet

Xususan, Tracker ishlab chiqarish 45,9 mingtadan 50,4 mingtagacha, KIA esa 22,1 mingtadan 26,3 mingtagacha oshdi. Shuningdek, Chery – 7,1 mingtadan 9,4 mingtagacha, Haval – 3,3 mingtadan 9,3 mingtagacha va BYD esa 4 mingtadan 20,2 mingtagacha o‘sdi.

Cobalt
Foto: LionMotors

Shu bilan birga, Cobalt ishlab chiqarish 164,9 mingtadan 161,2 mingtagacha, Damas 101,9 mingtadan 93,7 mingtaga, Onix – 41,7 mingtadan 33,1 mingtagacha kamaydi. 2024-yilda 12,8 ming dona ishlab chiqarilgan Gentra modeli va jami 6 dona ishlab chiqarilgan LADA modeli 2025-yilda umuman chiqarilmadi.

Tank 500 / Foto: Avtostat

Bundan tashqari, maxsus avtomobillar ishlab chiqarish 25,5 mingdan 54,3 ming donaga, yuk avtomobillari hajmi 3,1 mingdan 4,1 mingga oshdi. 2025-yilda O‘zbekistonda yangi Tank 500 modelini ishlab chiqarish boshlangan bo‘lib, bundan 50 ta avtomobil chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda eng ko‘p sotilgan avtomobillar e’lon qilingandi. 2025-yil yakuniga ko‘ra, Yevropadagi eng ommabop krossoverlar beshligi quyidagicha shakllandi. Birinchi o‘rinda Volkswagen T-Roc qayd etildi.

Shuningdek