22-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
22-yanvar kuni soat 20:00 gacha amal qiladi

22-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim hududlarda qor yoki yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Harorat kechasi | Harorat kunduzi | Ob-havo holati |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 0-2° iliq | 0-2° iliq | Havo o‘zgaruvchan, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 10-15° sovuq | 0-5° sovuq | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin |
| Xorazm viloyati | 8-13° sovuq | 0-5° sovuq | Havo o‘zgaruvchan, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 0-5° sovuq | 3° sovuq–2° iliq | Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 2° sovuq | 3° iliq | Havo o‘zgaruvchan, qor yog‘adi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 2° sovuq | 3° iliq | Havo o‘zgaruvchan, qor yog‘adi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 2° sovuq–3° iliq | 0-5° iliq | Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarga tuman tushadi |
| Respublikaning tog‘li hududlari | 2-7° sovuq | 0-5° sovuq | Havo o‘zgaruvchan, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli tuman tushishi mumkin |