Gadjetlar

440 dollarlik Oppo Reno15 FS smartfoni sotuvga chiqdi

Narxi $440 atrofida
440 dollarlik Oppo Reno15 FS smartfoni sotuvga chiqdi / Foto: Oppo

Oppo kompaniyasi Reno15 FS smartfonini rasman taqdim etib, uni Yevropa bozorida sotuvga chiqardi. Bu haqda Oppo’ning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Qurilma taxminan $440 narxda taklif etilmoqda va bu ko‘plab ommabop modellardan yuqori hisoblanadi. Smartfon Snapdragon 6 Gen 1 platformasi asosida ishlaydi hamda 8/512 GB xotira bilan jihozlangan. Asosiy kamera 50 MP, qo‘shimcha ultra keng burchakli kamera esa 8 MP aniqlikka ega.

AMOLED displey 6,57 dyuym diagonalga ega bo‘lib, Full HD+ aniqlik va 120 Gts yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Batareya sig‘imi 6500 mA·soatni tashkil etadi va 80 vattli tezkor quvvatlash imkoniyatiga ega. Shuningdek, smartfon IP68 darajasidagi chang va suvdan himoyaga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oppo Reno 15 Pro Max va Oppo Reno 15 Pro smartfonlari taqdim etilgan edi.