Apple kuzda iPhone Air 2’ni chiqaradi

21-yanvar 2026 07:45 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Apple

Apple kompaniyasi bu yil kuzda iPhone Air smartfonining ikkinchi avlod modeli — iPhone Air 2’ni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xitoydagi Fixed Focus Digital manbalari xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi modelda sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Asosiy yangilik sifatida Samsungning CoE texnologiyasiga ega OLED-ekrani ishlatilishi kutilmoqda. U poliarizatsiya qatlami yo‘qligi sababli ekranni yanada ingichka, yengil va yorqin qiladi hamda kam quvvat sarflaydi.

Avval tahlilchilar ishlab chiqarish muammolari sabab, iPhone Air 2’ning chiqarilishi 2027-yil bahoriga kechishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Ammo yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon shu yil kuzida taqdim etiladi.

Shuningdek, manbalar Apple kompaniyasi buklanuvchi iPhone ustida ishlashni to‘xtatganini va standart modellarga e’tibor qaratishni davom ettirayotganini bildirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple iPhone Air’ning narxini pasaytirmoqchiligi haqida yozgandi.

Shuningdek