
Italiyaning Ferrari kompaniyasi o‘zining Tailor Made dasturi doirasida maxsus buyurtma asosida tayyorlangan eksklyuziv 12Cilindri modelini namoyish qildi.

Avtomobilning eng diqqatga sazovor jihati uning Yoonseul deb nomlangan noyob bo‘yog‘idir. U yorug‘lik tushish burchagiga qarab yashil, ko‘k va binafsha ranglarda tovlanadi. Dizaynerlar ushbu rangni yaratishda Seul shahrining tungi neon chiroqlari va koreys seladon kulolchiligidan ilhomlangan.


Bu rang Ford Mustang Cobra modellaridagi mashhur Mystichrome bo‘yog‘ini eslatadi. Texnik jihatdan model 6,5 litrli V12 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, uning bazaviy narxi $467 mingdan boshlanadi. Biroq ushbu maxsus nusxaning narxi oshkor etilmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ferrari Yangi yil munosabati bilan rangini o‘zgartirgani haqida xabar bergan edi.