Fransiya NATO mashg‘ulotlarini Grenlandiyada o‘tkazishni taklif qildi

Fransiya hukumati NATO qo‘shinlari mashg‘ulotlarini Grenlandiya hududida o‘tkazishni taklif etdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Bundan oldin Parij Daniya rahbarligida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘z harbiylarini orolga yuborgan edi. Fransiyaning manevrlarni o‘tkazish taklifi AQSh hukumatining Grenlandiya bilan integratsiya qilish haqidagi bayonoti fonida yuz bermoqda.
Vashingtonning orolga qiziqishi NATOdagi amerikalik ittifoqchilar tomonidan salbiy qarshi olindi. Ularning ayrimlari Germaniya, Finlyandiya va Niderlandiya Grenlandiyaga askar yuborgan.
Kutilayotganidek, Grenlandiya masalasi Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitda milliy xavfsizlik maslahatchilari tomonidan muhokama qilinadi. Hozircha esa noformal uchrashuvda qaysi mamlakatlar ishtirok etishi ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Fransiya dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida yettinchi o‘rinda turadi. O‘tgan yili Parij mudofaa sohasiga $55 mlrd sarflagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiya armiyasida 200 ming kishi xizmat qilmoqda, zaxirada esa 26 ming harbiy bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi AQSh bilan savdo kelishuvini to‘xtatishi haqida xabar bergan edik.