GM rahbari o‘zgardi

21-yanvar 2026 13:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
GM rahbari o‘zgaradi
Foto: Depositphotos

Janubiy Amerika General Motors (GM) rahbari lavozimiga Tomas Ovsiyanskini tayinlandi. Bu haqda GMAutority ma’lum qilindi.

Yangi tayinlov avvalgi mintaqaviy rahbar Santyago Chamorro kompaniyadagi 32 yillik faoliyatidan so‘ng lavozimini tark etganidan ikki oy o‘tib amalga oshirildi. Tomas Ovsiyanski 1-fevraldan boshlab General Motors’ning Janubiy Amerikadagi faoliyatiga rahbarlik qiladi.

GM Global bozorlari bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Rori Xarvining aytishicha, Ovsiyanski turli bozorlarda samarali boshqaruv tajribasiga ega va mintaqaning salohiyatini yaxshi biladi. Uning fikricha, Janubiy Amerika mustahkam sanoat bazasi va katta o‘sish imkoniyatlariga ega bo‘lib, yangi rahbar ushbu imkoniyatlarni to‘liq ishga soladi.

Tomas Ovsiyanski / Foto: GMAutority

Kompaniya ushbu tayinlovni Janubiy Amerikadagi yirik investitsiyalar, Chevrolet brend portfelini yangilash va kengaytirish, elektrlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda sanoat infratuzilmasini mustahkamlash fonida amalga oshirdi. Tomas Ovsiyanski tayinlanishi GM’ning mintaqadagi uzoq muddatli rivojlanish rejalariga sodiqligini ko‘rsatadi.

Ovsiyanski avtomobil sanoatida 30 yildan ortiq rahbarlik tajribasiga ega. U savdo, marketing va operatsion boshqaruv yo‘nalishlarida ishlagan hamda kompaniyalarni murakkab transformatsiya jarayonlaridan muvaffaqiyatli olib chiqqan rahbar sifatida tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri GM yangi avtomobilini arzonroq narxda chiqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek