Ispaniyada poyezd ustiga devor qulab tushdi: mashinist halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Hodisada o‘nlab yo‘lovchilar jarohatlandi
Foto: DW

Ispaniyaning Barselona shahri yaqinidagi Jelida hududida mudhish temiryo‘l halokati yuz berdi. Harakatlanayotgan shahar atrofida qatnovchi poyezd ustiga himoya devori qulab tushishi oqibatida poyezd mashinisti voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Favqulodda vaziyatlar xizmati xabariga ko‘ra, hodisa Barselonadan taxminan 40 km g‘arbda sodir bo‘lgan. Kuchli bo‘ron sababli katta beton devor aynan poyezd o‘tib ketayotgan vaqtda temiryo‘l iziga qulagan. Asosiy zarba tarkibning birinchi vagoniga to‘g‘ri kelgan.

Foto: DW

Halokat natijasida jami 37 nafar kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, qolganlar yengil jarohat olgan. Qutqaruvchilar majaq bo‘lib ketgan vagondan bir nafar yo‘lovchini maxsus uskunalarsiz chiqarib olishning imkoni bo‘lmaganini ta’kidlashdi.

Bu Ispaniyada so‘nggi kunlarda kuzatilgan yagona fojia emas. Bor-yo‘g‘i ikki kun avval mamlakat janubida yuz bergan yirik temiryo‘l halokati oqibatida kamida 42 kishi qurbon bo‘lgan, yana 37 kishi shifoxonalarda qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ispaniyadagi poyezd avariyasi sabab mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek