Mirziyoyev Donald Tramp taklifi bilan Shveytsariyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 21-yanvar kuni amaliy tashrif bilan Shveytsariyada bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Davos shahrida Amerika yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston ushbu xalqaro tuzilma faoliyatiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini avvalroq qabul qilgan. Mirziyoyev AQSh prezidentiga yo‘llagan maktubida mazkur tashabbusni Yaqin Sharqda uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan mojarolarni bartaraf etish, shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Mirziyoyevni Tinchlik kengashiga qo‘shilishga taklif qilgani haqida yozgandi.