O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9,5 mln so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9,474 mln so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank 21-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:31 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi.
Xususan, 5 grammli oltin quymaning narxi 9,244 mln so‘mdan 9,474 mln so‘mga oshdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 8,885 mln so‘mdan 9,106 mln so‘mga, talablarga mos kelmaydigan holatda 8,795 mln so‘mdan 9,014 mln so‘mga ko‘tarildi.
Quyida oltin quymalarining grammlariga nisbatan sotish va sotib olish narxlari keltirilgan:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qaytarib sotib olish (qadog‘i but) | Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos emas) |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 474 000 so‘m | 9 106 000 so‘m | 9 014 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 948 000 so‘m | 18 212 000 so‘m | 18 028 000 so‘m |
| 20 gramm | 37 896 000 so‘m | 36 425 000 so‘m | 36 057 000 so‘m |
| 50 gramm | 94 741 000 so‘m | 91 062 000 so‘m | 90 142 000 so‘m |
| 100 gramm | 189 482 000 so‘m | 182 124 000 so‘m | 180 284 000 so‘m |
Shu bilan birga, Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi qo‘shimcha qildi.
Jahon bozorida ham oltin keskin sur’atlarda oshmoqda. Xususan 21-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:45 holatiga oltin narxi bir unsiya uchun $4 864 mingni tashkil etdi.
Ba’zi manbalarga ko‘ra, bunga AQShning Grenlandiya bo‘yicha talablariga doir noaniqliklar va global siyosiy vaziyat sabab bo‘lib, investorlar xavfsiz aktivlarga murojaat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oltin quymalarini qanday sotib olish va nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida qo‘llanma e’lon qilingandi.