Lifestyle

O‘zbekistonlik sportchi Osiyo chempionatida jahon rekordini yangiladi

Terma jamoa jami 5 medalga sazovor bo‘ldi
O‘zbekistonlik sportchi Osiyo chempionatida jahon rekordini yangiladi / Foto: Olympic.uz

O‘zbekiston stenddan otish terma jamoasi Osiyo chempionatida bir nechta medallarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada sportchilarimiz 1 tadan oltin, kumush va bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Xususan, trap yo‘nalishida yoshlar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Ohunjon Abduqodirov jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Kumush medal trap yo‘nalishida yoshlar o‘rtasida Yaroslava Eshtayevaga nasib etdi. Bronza medal esa trap yo‘nalishida yoshlar jamoaviy bahslarida Ohunjon Abduqodirov, Azamat Qayumov va Shohruh Sadirovga berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turnirida prinsipial raqibini mag‘lub etgan edi.