Qozog‘istonda 16 yoshdan kichiklarga ijtimoiy tarmoq taqiqlanmoqda

eʼlon qilindi
Buning uchun respublikada bir nechta qonun loyihalari ishlab chiqildi
Qozog‘istonda 16 yoshdan kichiklarga ijtimoiy tarmoq taqiqlanmoqda / Foto: Reuters

Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklovchi qonun loyihalarini ishlab chiqdi. Yangi qoidalarga ko‘ra, ro‘yxatdan faqat 16 yoshdan oshgan fuqarolar o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Qonun loyihalari allaqachon ekspertizadan o‘tgan va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Vazirliklar bilan birgalikda foydalanuvchilarning yoshini tekshirish tizimlarini yaratish va qoidabuzarliklar uchun javobgarlik choralarini belgilash rejalashtirilmoqda.

Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva shuningdek, respublikada aholining mediakovonligini oshirish va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilganini qo‘shimcha qildi.

«Ushbu yo‘nalishda tegishli ishlar soha jurnalistikasini rivojlantirish bo‘yicha komissiya va boshqa mexanizmlar orqali olib borilmoqda», – dedi u.

Balayeva ta’kidicha, qonun loyihalari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va OAV o‘rtasida reklamadan tushgan daromadlarni taqsimlash qoidalarini ham tartibga soladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta Avstraliyada yarim million akkauntni bloklagan edi.

Shuningdek