Avto

Yangilangan Li Auto L9 kutilmagan imkoniyatlar bilan chiqadi

Uning elektr yurish zaxirasi 400 kmdan oshadi
Foto: Li Auto

2026-yilda yangilangan Li Auto L9 taqdim etiladi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda. Uning elektr yurish zaxirasi 400 kmdan oshadi.

2025-yil Li Auto uchun muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Kompaniya 600 mingdan ortiq avtomobillar sotishni rejalashtirgan, ammo atigi 410 ming dona realizatsiya qildi. 2026-yil uchun savdo maqsadi 550 ming dona etib belgilangan. Asosiy umid esa kuchli yangilangan flagman krossover – Li Auto L9 ga qaratilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilgi L9 modeli kattaroq o‘lchamlarga ega bo‘ladi. Shassi qayta ishlanadi va sig‘imi 70 kVt/soatdan yuqori bo‘lgan yangi tortish batareyasi o‘rnatiladi. Bu avtomobilning sof elektr rejimidagi yurish zaxirasini 400 km dan oshirishga imkon beradi.

Foto: Li Auto

Manbalarga ko‘ra, kompaniya ichki qat’iy qaror qabul qilgan. Avtonom boshqaruv uchun mo‘ljallangan M100 nomli o‘z chipi ilk bor aynan yangi L9 modelida qo‘llanadi. Salon dizayni ham jiddiy yangilanadi. Old panelda yirik integratsiyalashgan ekran paydo bo‘ladi. Dasturiy ta’minot esa yanada qulay va amaliy qilinadi. Multimedia tizimining apparat platformasi sifatida Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 8797 chipi ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri avtomobillarda eng ko‘p uchraydigan muammolar haqida yozgan edi.