
Yevropa Chempionlar ligasining 7-turi doirasida «Real Madrid» o‘z maydonida Fransiyaning «Monako» jamoasini qabul qilib, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Alvaro Arbeloa shogirdlari turnir jadvalida muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv madridliklarning to‘liq ustunligi ostida boshlandi. 5-daqiqadayoq Federiko Valverde uzatmasidan so‘ng Kilian Mbappe hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalari – 26-daqiqada fransiyalik hujumchi Vinisius Juniorning uzatmasidan keyin dubl qayd etib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Tanaffusga chiqish oldidan 44-daqiqada Jud Bellingem hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

Ikkinchi bo‘limning 51-daqiqada yosh iqtidor sohibi Franko Mastantuono Vinisiusning uchrashuvdagi ikkinchi samarali uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni yiriklashtirdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, 55-daqiqada mehmonlar darvozasiga to‘rtinchi gol kiritildi. 63-daqiqada Vinisius «Real Madrid»ning 5 to‘pini kiritdi. 72-daqiqada Jordan Teze hisobni qisqartirdi. Jud Bellingem 80-daqiqada o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi – 6:1.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Real Madrid» Segunda vakiliga yutqazib, Ispaniya kubogini tark etgani haqida xabar bergan edi.