Yangiliklar

2026-yilgi «Oskar» mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi — ro‘yxat

G‘oliblar 2026-yilning 16-mart kuni aniqlanadi
2026-yilgi «Oskar» mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi — ro‘yxat / Foto: AP

Amerika kinoakademiyasi «Oskar – 2026» mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi. Mukofotlarni topshirish marosimi 16-mart kuni Los-Anjeles shahridagi Dolby teatrida bo‘lib o‘tadi.

Filmlar orasida eng ko‘p nominantlikni «Gunohkorlar» filmi qo‘lga kiritdi – 16 ta. Bu «Oskar» tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi. Rayan Kugler suratga olgan xorror deyarli barcha asosiy nominatsiyalar, jumladan, «Eng yaxshi film», «Eng yaxshi rejissyor» va «Eng yaxshi erkak roli» yo‘nalishlarida sovrin uchun kurashadi.

Ikkinchi o‘rinda 12 ta nominatsiya nomzodligi bilan «Jangma-jang» filmi joy oldi. Uchinchi o‘rinni esa birdaniga uchta film bo‘lishdi – «Frankenstayn», «Ajoyib Marti» va «Hissiy qadriyat». Ularning har biri 9 tadan nominatsiyaga ega. «Gamnet» filmi esa 8 ta nominatsiyaga nomzod bo‘ldi.

Quyida barcha nominatsiyalar keltiriladi:

Eng yaxshi film

  • «Bugoniya».
  • «Formula 1».
  • «Frankenstayn».
  • «Gamnet».
  • «Ajoyib Marti».
  • «Jangma-jang».
  • «Maxfiy josus».
  • «Sentimental qadriyat».
  • «Gunohkorlar».
  • «Poyezd tushlari».


Eng yaxshi rejissyor

  • Xloya Chjao — «Gamnet».
  • Josh Safdi — «Ajoyib Marti».
  • Pol Tomas Anderson — «Jangma-jang».
  • Yoakim Trier — «Hissiy qadriyat».
  • Rayan Kugler — «Gunohkorlar».

Eng yaxshi erkak roli

  • Timoti Shalame — «Ajoyib Marti».
  • Leonardo DiKaprio — «Jangma-jang».
  • Itan Houk — «Moviy oy».
  • Maykl B. Jordan — «Gunohkorlar».
  • Vagner Moura — «Maxfiy agent».

Eng yaxshi ayol roli

  • Jessi Bakli — «Gamnet».
  • Rouz Birn — «Agar ilojim bo‘lsa seni tepardim».
  • Keyt Hadson — «Ularning orzulari ohangi».
  • Renate Reynsve — «Hissiy qadriyat».
  • Emma Stoun — «Bugoniya».

Ikkinchi darajali eng yaxshi erkak roli

  • Benisio Del Toro — «Jangma-jang».
  • Jeykob Elordi — «Frankenstayn».
  • Delroy Lindo — «Gunohkorlar».
  • Shon Penn — «Jangma-jang».
  • Stellan Skarsgard — «Hissiy qadriyat».

Ikkinchi darajali eng yaxshi ayol roli

  • El Faning — «Hissiy qadriyat».
  • Inga Ibsdotter Lilleos — «Hissiy qadriyat».
  • Emi Medigan — «Qurollar».
  • Vunmi Mosaku — «Gunohkorlar».
  • Tiyana Teylor — «Jangma-jang».

Eng yaxshi original ssenariy

  • «Moviy oy».
  • «Oddiy tasodif».
  • «Ajoyib Marti».
  • «Hissiy qadriyat».
  • «Gunohkorlar».

Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy

  • «Bugoniya».
  • «Frankenstayn».
  • «Gamnet».
  • «Jangma-jang».
  • «Poyezd tushlari».

Eng yaxshi kasting

  • «Gamnet».
  • «Ajoyib Marti».
  • «Jangma-jang».
  • «Maxfiy josus».
  • «Gunohkorlar».

Eng yaxshi rassom-ishlab chiqaruvchi ishi

  • «Frankenstayn».
  • «Gamnet».
  • «Ajoyib Marti».
  • «Jangma-jang».
  • «Gunohkorlar».

Eng yaxshi operatorlik ishi

  • «Frankenstayn».
  • «Ajoyib Marti».
  • «Jangma-jang».
  • «Gunohkorlar».
  • «Poyezd tushlari».

Eng yaxshi libos dizayni

  • «Avatar: Olov va kul».
  • «Frankenstayn».
  • «Gamnet».
  • «Ajoyib Marti».
  • «Gunohkorlar».

Eng yaxshi montaj

  • «Formula 1».
  • «Ajoyib Marti».
  • «Jangma-jang».
  • «Hissiy qadriyat».
  • «Gunohkorlar».

Eng yaxshi grim va soch turmagi

  • «Frankenstayn».
  • «Milliy boylik».
  • «Gunohkorlar».
  • «Vayronkor».
  • «Xunuk opa».

Eng yaxshi ovoz

  • «Formula 1».
  • «Frankenstayn».
  • «Jangma-jang».
  • «Gunohkorlar».
  • «Sirat».

Eng yaxshi vizual effektlar

  • «Avatar: Olov va kul».
  • «Formula 1».
  • «Yura davri olami: Qayta tug‘ilish».
  • «Maktab avtobusi».
  • «Gunohkorlar».

Eng yaxshi original saundtrek

  • «Bugoniya».
  • «Frankenstayn».
  • «Gamnet».
  • «Jangma-jang».
  • «Gunohkorlar».

Eng yaxshi qo‘shiq

  • Dear Me — Diane Warren: Relentless.
  • Golden — «K-pop jin ovchilari».
  • I Lied to You — «Gunohkorlar».
  • Sweet Dreams of Joy — Viva Verdi!
  • Train Dreams — «Poyezd tushlari».

Eng yaxshi animatsion film

  • «Arko».
  • «Elio».
  • «K-pop jin ovchilari».
  • «Kichkina Ameli».
  • «Zootopia 2».

Eng yaxshi hujjatli film

  • «Alabama qarori».
  • «Meni yaxshi nurda ko‘rishga keling».
  • «Toshlar orasidan».
  • «Putinga qarshi Janob Hech kim».
  • «Mukammal qo‘shni».

Eng yaxshi xorij filmi

  • «Maxfiy josus», Braziliya.
  • «Oddiy tasodif», Fransiya.
  • «Hissiy qadriyat», Norvegiya.
  • «Sirat», Ispaniya.
  • «Hind Rajab ovozi», Tunis.

Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film

  • «Barcha bo‘sh xonalar».
  • «Faqat kamera bilan qurollangan: Brent Reno hayoti va o‘limi».
  • «Bolalar endi yo‘q: bo‘lgan va ketganlar».
  • «Iblis tinim bilmaydi».
  • «Mutlaq g‘alati holat».

Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film

  • «Kapalak».
  • «Abadiy yashil».
  • «Marvarid yosh to‘kkan qiz».
  • «Nafaqa rejasi».
  • «Uch opa-singil».

Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film

  • «Qassobning dog‘i».
  • «Dorotining do‘sti».
  • «Jeyn Ostinning davr dramasi».
  • «Xonandalar».
  • «Ikki kishining tupuk almashishi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilgi «Oltin globus» mukofoti g’oliblari e’lon qilingan edi.