23-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
22-yanvarda esa 48,78 so‘mga oshib, 12 122,07 so‘m etib belgilangan edi
Foto: Depositphotos

23-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 14,85 so‘mga oshib, 12 136,92 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

16-yanvar kuni dollar pasayishda davom etib, 11 969,66 so‘mni tashkil etdi. 19-yanvarda dollar 6,88 so‘mga pasayib, 11 962,78 so‘m, 20-yanvarda 88,93 so‘mga oshib, 12 050 so‘m, 21-yanvarda 21,58 so‘mga oshib, 12 072 so‘m, 22-yanvarda esa 48,78 so‘mga oshib, 12 122,07 so‘m etib belgilandi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 4,03 so‘mga oshib, 14 191,70 so‘mni, rubl 3,6 so‘mga oshib, 159,99 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek