
Ford Maverick Kelley Blue Book (KBB) ekspertlari tomonidan 2026-yil uchun KBB Best Buy Award mukofoti bilan taqdirlab, ixcham pikaplar segmentida eng yaxshi tanlov deb topildi. Bu haqda Tarantas news nashri xabar berdi.
Mutaxassislar Ford Maverick’ning zamonaviy dizayni, funksional imkoniyatlari va tejamkorligi yuqori baholanganini ta’kidlamoqda. Ayniqsa, modelning nisbatan hamyonbopligi alohida e’tiborga olingan — yangi Ford Maverick narxi $30 mingdan boshlanadi.
Kelley Blue Book’ning yillik mukofoti maxsus ekspertlar hay’ati tomonidan belgilanadi. Komissiya avtomobil bozoridagi yuzlab yangi modellarning sifati, ishonchliligi, xavfsizligi, boshqaruv qulayligi va yo‘lovchilar uchun komfort darajasini sinovdan o‘tkazadi.
Sinovlar yakuniga ko‘ra, Ford Maverick narx va sifatning optimal uyg‘unligini namoyish etib, ixcham pikaplar orasida yetakchi maqomini yana bir bor tasdiqladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda eng ko‘p sotilgan avtomobillar e’lon qilingani haqida yozgandi.