Lactalis toksin tufayli O‘zbekistondan Picot bolalar aralashmasini qaytarib oladi

eʼlon qilindi
Sababi aralashmada toksin bo‘lgan cerulid topilganligi
Lactalis toksin tufayli O‘zbekistondan Picot bolalar aralashmasini chaqirib oladi
Lactalis toksin tufayli O‘zbekistondan Picot bolalar aralashmasini qaytarib oladi / Foto: 1tv.ge

Fransiyaning Lactalis kompaniyasi 18 ta mamlakat, jumladan, O‘zbekistondan ham Picot bolalar aralashmasini yig‘ib oladi, deb xabar bermoqda France 24 agentligi.

Aralashmaning qaytarib olinishiga unda toksin bo‘lgan serulid topilganligi sabab bo‘lgan. Mahsulot quyidagi davlatlardan olib chiqiladi: Avstraliya, Chili, Xitoy, Kolumbiya, Kongo, Chexiya, Ekvador, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Kuvayt, Madagaskar, Meksika, Monako, Ispaniya, Peru, Tayvan va O‘zbekiston.

Serulid toksini chaqaloqlarda og‘ir ovqat zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Fransiya hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha bu aralashmani iste’mol qilgan bolalardan sog‘liq muammolari haqida shikoyatlar tushmagan.

So‘nggi haftalarda bolalar sutlari bozorida mahsulotlar katta partiyalarda yig‘ib olinmoqda. O‘tgan hafta Singapurda Dumex aralashmasi yig‘ib olingandi. Shuningdek, Nestlé France ham serulid toksini mumkin bo‘lganligi sababli Guigoz va Nidal bolalar aralashmalarining ayrim partiyalarini ixtiyoriy ravishda yig‘ib olishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Nestle Food» MChJ XK O‘zbekistonda bolalar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim cheklangan partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarib olishni boshlagandi. Qaytarib olinayotgan mahsulotlar orasida tez eruvchan sutli va nordon sutli quruq aralashmalar, shuningdek, aminokislotalar asosidagi maxsus davolovchi quruq aralashmalarning ayrim partiyalari mavjud.

Shuningdek