«Men shunchaki muz bo‘lagini so‘rayapman»: Tramp Daniyani noshukurlikda aybladi

eʼlon qilindi
AQSh prezidenti Ikkinchi jahon urushidan keyin orolning qaytarib berilishini «ahmoqlik» deb atadi
Foto: BBC

Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida Donald Tramp Grenlandiya masalasida keskin chiqish qildi. AQSh rahbari yevropalik hamkorlarini noshukurlikda aybladi, ammo orolni kuch bilan tortib olmaslikka va’da berdi.

Tramp o‘z nutqida Grenlandiyaga bo‘lgan da’vosini oddiy istak sifatida tasvirladi. «Men atigi bir parcha muz so‘rayapman, xolos», – dedi u minbardan turib. Prezident Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSh orolni Daniyaga qaytarib berganini tarixiy xato deb baholadi.

«Biz orolni qaytarib berdik. Qanchalar ahmoq bo‘lganmiz-a?», deya ta’kidladi Tramp va daniyaliklarni Amerikaning saxiyligiga nisbatan noshukur munosabatda bo‘layotganlikda tanqid qildi. Shunga qaramay, Oq uy rahbari vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilmasligini bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Grenlandiya sababli Yevropa davlatlariga boj kiritish fikridan qaytgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek