O‘zbekiston, Ozarbayjon va Vengriya rahbari uchrashdi

eʼlon qilindi
“Blackrock” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi va boshqaruvchi direktori bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston, Ozarbayjon va Vengriya rahbari uchrashdi / Foto: President.uz

Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimi doirasida Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yetakchilar do‘stona ruhda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiy, siyosiy sohalarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, ko‘p tomonlama hamkorlik, jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi istiqbollar alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqildi.

Foto: President.uz

Shuningdek, Mirziyoyev Davosda «Blackrock» kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi va boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uchrashdi. Uchrashuvda kompaniya bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Unda «Blackrock»ning O‘zbekistondagi ustuvor loyihalarda ishtirok etish istiqbollari, korxonalar kapitaliga kirish, qo‘shma investitsiya mexanizmlari yaratish va mamlakat investitsiya muhitini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ekspertizani jalb qilish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 22-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaning Davos shahrida Amerika yetakchisi Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzoladi.

Shuningdek