Payme, Click kabi ilovalarda begona shaxs bank kartalari biriktirilmaydi

eʼlon qilindi
Passport ma’lumotlariga mosligi tekshiriladi
Payme, Click kabi ilovalarda begona shaxs bank kartalari biriktirilmaydi / Foto: Bankers

Endi mobil ilovalarda foydalanuvchilar o‘z akkauntlariga bank kartalari yoki hisobvaraqlarini biriktirishdan oldin biometrik identifikatsiyadan o‘tishi shart bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi akkauntiga faqat o‘ziga yoki yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan bank hisobvaraqlari, bank kartalari va elektron hamyonlarni biriktirishi hamda ushbu akkaunt orqali P2P o‘tkazmalarni amalga oshirishi mumkin. Foydalanuvchining telefon raqami va JShShIR mosligi tekshiriladi. Moslik aniqlanmasa, mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazish va bank kartasini biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kredit va to‘lov tashkilotlari foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyadan o‘tkazishda hayotiylik omillarini aniqlashi shart bo‘lib, fotosurat orqali identifikatsiya qilishga ruxsat berilmaydi. Telefon raqamiga yuborilgan bir martalik SMS-kod uch marotaba noto‘g‘ri kiritilsa, foydalanuvchining mobil ilovadagi harakatlari 15 daqiqa davomida vaqtincha cheklanadi.

Shuningdek, akkauntga boshqa qurilmadan kirish yoki parolni tiklash holatlarida ushbu akkauntga bog‘langan barcha bank kartalari mobil ilovadan avtomatik tarzda chiqarib yuboriladi hamda mazkur qurilmadagi moliyaviy operatsiyalar tarixi o‘chirib tashlanadi. Bank kartalarini qayta biriktirish faqat biometrik identifikatsiyadan o‘tilganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir kunda faqat bitta bankdan onlayn kredit olish mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek