Realme Neo 8 yarim shaffof ko‘rinishda taqdim etildi

eʼlon qilindi
RGB yoritishga ega Awakening Halo bloki
Realme Neo 8 yarim shaffof ko‘rinishda taqdim etildi / Foto: Realme

Realme kompaniyasi Xitoy bozorida yangi Realme Neo 8 smartfonini rasmiy taqdim etdi. Bu haqda kompaniya kompaniya rasman sahifasida ma’lum qilindi.

Qurilma 12/256 GB — $345, 16/256 GB — $390, 12/512 GB — $415, 16/512 GB — $460 va 16 GB/1 TB — $530 narxlarda sotuvga chiqariladi.

Smartfon yarim shaffof orqa qopqoq, RGB yoritishga ega Awakening Halo bloki va metall yon ramka bilan jihozlangan. Displey 6,78 dyuymli Samsung Sky Screen bo‘lib, yangilanish chastotasi 165 Gtsni tashkil etadi. Ekranning maksimal yorqinligi 3800 kd/m², lokal pik yorqinligi esa 6500 kd/m² ga yetadi. 165 Gts rejimi 30 dan ortiq mashhur o‘yinlarda qo‘llab-quvvatlanadi.

Realme Neo 8 Snapdragon 8 Gen 5 protsessori, LPDDR5X tezkor xotira va UFS 4.1 doimiy xotira bilan ishlaydi. Qurilmada PC Handheld Mode rejimi mavjud bo‘lib, u ayrim kompyuter o‘yinlarini bevosita smartfonda ishga tushirish imkonini beradi.

Akkumulyator sig‘imi 8000 mA/soat bo‘lib, kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, smartfon 7,7 soat uzluksiz o‘yin yoki 20 soatdan ortiq video tomosha qilish imkonini beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quvvatlash funksiyasi ham mavjud.

Asosiy kamera 50 megapikselli Sony IMX896 sensoriga ega. Shuningdek, 50 megapikselli periskop kamera moduli 3,5 martalik optik va maksimal 120 martalik raqamli zumni ta’minlaydi.

Realme Neo 8 Android 16 asosidagi realme UI 7.0 tizimida ishlaydi. Qurilma IP66, IP68 va IP69 darajalarida suv va changdan himoyalangan, ultratovushli barmoq izi skaneri, stereo dinamiklar, NFC chipi va infraqizil port bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme P4 Power smartfoni arzon narxda taqdim etilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek