
So‘nggi 24 soat ichida sport yulduzlari ijtimoiy tarmoqlarda nimalarni ulashdi? Krishtianu Ronaldu yana tarix yozmoqda, Leo Messining o‘g‘li kataloniyaliklar qalbini eritdi, o‘zbekistonlik legioner esa muxlisalarini biroz «ranjitadigan» surat joyladi.

Saudiya chempionatining navbatdagi turida Krishtianu Ronaldu o‘zining 960-golini «Damak» darvozasiga kiritdi. Portugaliyalik hujumchi ushbu goli orqali 1000 ta gollik dovoniga yanada yaqinlashdi. Maydondagi janglardan so‘ng Ronaldu Instagram’da o‘zining asosiy ilhom parisi, onasining suratni joyladi.



Lionel Messi «Inter Mayami» mashg‘ulotlariga qaytdi. Ijtimoiy tarmoqqa joylagan postida argentinalikning o‘rtancha o‘g‘li Mateo Messi «Barselona» libosida ko‘rinish berdi. Shuningdek, mashg‘ulotlarda Luis Suares va Rodrigo de Paulni ham ko‘rish mumkin.




O‘zbek professional boksining yorqin vakili Isroil Madrimov katta tanaffus va shov-shuvli janglardan so‘ng yana ringga qaytmoqda. U 25-yanvar kuni tongda AQShning Las-Vegas shahrida navbatdagi jangini o‘tkazadi. O‘zbekistonlik bokschi jangga tayyorgarlik jarayonidan video ulashdi.

Zlatan Ibragimovich Volvo kompaniyasini EX60 modeli taqdimoti bilan tabriklab, avtomobildan sotib olishi uchun qayerga murojaat qilishi kerakligini so‘radi. Shvetsiya avtokonserni EX60 elektr krossoverini 2026-yilda sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda.





Abbos Fayzullayev Instagram sahifasiga bir necha rasmlardan iborat post joylashtirdi. E’tiborlisi shundaki, futbolchi «karusel» formatida joylagan suratlari orasida avtomobil ichida noma’lum qizning qo‘lidan ushlab turgani aks etgan kadr ham bor.





Tata Steel Chess turnirida muvaffaqiyatli odimlayotgan Javohir Sindorov ham Ijtimoiy tarmoqlarda faol. Shaxmatchi Kursiv Uzbekistan nashriga bergan intervyusini o‘z sahifasida ulashdi. Intervyuni bu yerda o‘qishingiz mumkin.
