Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 flagmanlari uchun oldindan buyurtmalar sanasi ma’lum qilindi

26-fevraldan ochiladi va 4-martgacha davom etadi
Samsung Galaxy S26 flagmanlari uchun oldindan buyurtmalar sanasi ma’lum qilindi
Foto: GSMArena

Samsung Galaxy S26 oilasining yangi flagman smartfonlari oldindan buyurtma va oldi-sotuv sanalari oshkor qilindi. Bu haqda Ice Universe ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Unga ko‘, Janubiy Koreyada oldindan buyurtmalar taqdimot kunidan keyingi kun, ya’ni 26-fevraldan ochiladi va 4-martgacha davom etadi. Shundan so‘ng oldi-sotuv bosqichi boshlanadi va 5-martdan 10-martgacha davom etadi. Galaxy S26 oilasining ochiq sotuvlari esa 11-mart kuni start oladi.

Oldi-sotuvlar va oldindan buyurtma bosqichlari rasmiy taqdimotdan keyin xaridorlarga yangi flagmanlarni birinchi bo‘lib qo‘lga kiritish imkoniyatini beradi. Keyingi haftalarda Galaxy S26 modellari xususiyatlari, dizayni va narxlari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar ham tarqalishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Ultra qanday ranglarda taqdim etilishi haqida yozgandi.