Samsung kompaniyasi Hindistonda Vivo‘dan ortda qoldi

22-yanvar 2026 09:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Sammobile

2025-yil Samsung kompaniyasi uchun Hindistonda yomon o‘tgan yildan biri bo‘ldi. Omdia tahlilchilari ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya Hindistonda smartfonlar sotuvining eng yirik yetkazib beruvchisi maqomini yo‘qotdi va birinchi o‘rinni Vivo egalladi.

Vivo 2025-yilda 32 million smartfon sotdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 19% ga ortdi. Samsung ikkinchi o‘rinda qolib, 23 million qurilma yetkazib berdi (o‘tgan yilda bu raqam 25,7 million edi), sotuvlar 11% ga pasaygan. Oppo uchinchi o‘rinni egalladi va 10% ga oshgan holda 20 million qurilma sotdi.

Foto: Omdia

Xiaomi to‘rtinchi o‘rinda bo‘lib, barcha brendlar orasida eng katta pasayishni ko‘rsatdi. 2024-yilda Xiaomi Hindistonga 26,6 million smartfon yetkazib bergan edi, 2025-yilda bu raqam 19,7 millionga tushdi. Apple esa 28% ga o‘sishni ko‘rsatdi va top-5 ga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A57 arzon displey bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek