«Super» batareyaga ega Realme P4 Power qachon chiqadi

22-yanvar 2026 12:40 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Realme P4 Power smartfoni qachon chiqadi
Foto: Realme / Fototahrir: Kursiv Uzbekistan

Realme kompaniyasi yangi Realme P4 Power smartfonining taqdimotini 29-yanvarda bo‘lib o‘tishini rasman tasdiqladi. Bu haqda Notecookcheck nashri xabar bermoqda.

Rekord darajadagi batareya

Realme P4 Powerning eng katta yangiligi – 10 001 mAh batareya bilan jihozlanganligi. Bu batareya yordamida smartfon 38 kungacha kutish holatida ishlashi mumkin. Oddiy ishlatishda esa smartfon 1,5 kungacha ishlaydi, YouTube’da video tomosha qilish esa 32,5 soat davom etadi. Batareyaning yuqori samaradorligi va hajmi uni bozordagi boshqa qurilmalardan ajratib turadi.

Foto: Realme

Realme, shuningdek, batareyaning uzoq muddat ishlashini kafolatlaydi. Batareya 1650 zaryadlash siklidan keyin ham kamida 80% hajmini saqlaydi. Agar bu ko‘rsatkich pasaysa, foydalanuvchilar uchun batareya bepul almashtiriladi.

Tez zaryadlash va ko‘p funksiyalilik

Realme P4 Power 80 Vt quvvat bilan zaryadlanadi, bu esa batareyani tezda to‘ldirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bu smartfon mobil akkumulyator sifatida ham ishlashi mumkin. 27 Vt chiqish quvvati bilan u boshqa qurilmalarni ham zaryad qilish imkonini beradi.

Foto: Realme

Kamera

Smartfonning asosiy kamerasi 50 MP ni tashkil etadi va u uchta modulni o‘z ichiga oladi. Kamera haqida boshqa ma’lumotlar hali to‘liq ochiqlanmagan, ammo umumiy xususiyatlarga qarab, Realme P4 Power yaxshi suratga olish imkoniyatlarini taqdim etishi kutilmoqda.

O‘rnatilgan tizim va yangilanishlar

Realme P4 Powerda MediaTek Dimensity 7400 protsessori mavjud, bu haqda avvalroq Geekbench testlarida ma’lumotlar paydo bo‘lgan. Realme kompaniyasi ushbu model uchun uchta katta Android yangilanishini va to‘rt yil davomida xavfsizlik yangilanishlarini taqdim etishni va’da qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng yaxshi Samsung smartfonlari taqqoslangani haqida yozgan edi.

Shuningdek