Toshkentda qor sababli aholi ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Haydovchilardan piyodalarni hurmat qilish so‘raldi
Foto: Kursiv Uzbekistan/Asadbek Komilov

Qor yog‘ayotgani sababli Toshkent shahar hokimligi hamda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ogohlantirish bilan chiqdi.

Jumladan, IIBB YHXB yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida haydovchilardan harakat qoidalariga qat’iy rioya qilish, tezlikni oshirmaslik va masofani saqlashni so‘radi.

Shu bilan birga, haydovchilar yo‘llarda harakatlanayotgan piyodalarni hurmat qilgan holda, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishi lozimligi eslatilgan. Qolaversa, avtomobillarni ko‘p qavatli bino va inshootlar, shuningdek, daraxtlar tagida qoldirmaslik va maxsus turargohlarda transport vositalarini saqlash so‘ralib, aholi ogohlantirildi.

Toshkent shahar hokimligi esa favqulodda holatlarda 1050 va 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishni eslatdi.

Avvalroq «Kursiv» 22-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim hududlarda qor yoki yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek