Toshkentdagi ikkita dehqon bozori to‘liq rekonstruksiya qilinadi

eʼlon qilindi
Bozor hududida maxsus vaziyat markazi tashkil etiladi
Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Bo‘z bozor» va «Navro‘z» dehqon bozori to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy infratuzilma asosida qayta tashkil etiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bozorlarni tubdan takomillashtirish, yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish masalalari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan. Mazkur bozorlar bosqichma-bosqich raqamlashtirilib, savdo jarayonlarining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi.

Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi

Shu bilan birga, bozor hududi to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy infratuzilma asosida qayta tashkil etiladi. Bozor hududida maxsus vaziyat markazi tashkil etilib, u bozorning yagona «markazi» sifatida barcha iqtisodiy, moliyaviy va nazorat jarayonlarini muvofiqlashtiradi.

Hokimlikka ko‘ra, loyihalashtirish jarayonida bozorning butun arxitekturasi va ichki dizayni chuqur tahlil qilinib, eng ilg‘or xalqaro standartlarga mos holda ishlab chiqilgan. Ushbu yondashuv savdo subyektlarining qonuniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirishga xizmat qiladi. Ta’kidlanishicha, buning natijasida soliq bazasi kengayib, mahalliy budjet daromadlari sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Islohotlar, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan.

Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi

«Mazkur tashabbuslar davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasida o‘zaro ishonchni oshirib, shahar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi», — deya yozadi hokimlik.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent shahri hokimi tomonidan tasdiqlangan yangi tartibga ko‘ra, poytaxtdagi bozor va savdo majmualarida reklama yoki tijoriy maqsadlarda foto va video suratga olish pullik bo‘lishi haqida yozgandi.

Shuningdek