Tracker va Onix avtomobillarini qaysi banklardan 0% foiz bilan xarid qilish mumkin

22-yanvar 2026 10:02 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Tracker va Onix avtomobillarini qaysi banklardan 0% foiz bilan xarid qilish mumkin
Foto: Kursiv Uzbekistan / Samijon Juraqulov

Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini bir qator banklardan 0% foiz stavkasi bilan xarid qilish mumkin. Bu haqda «UzAuto Motors» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Boshlang‘ich to‘lov miqdori va to‘lov muddati tanlangan shartlarga qarab, 20% dan 70% gacha o‘zgaradi, muddat esa 24 oydan 60 oygacha bo‘lishi mumkin.

Banklar:

«Kapitalbank»

«Infinbank»

«Tengebank»

«Asakabank «

«Davrbank»

«Asia Alliance Bank»

«Ipotekabank «

«Apexbank»

Foto: Kursiv Uzbekistan

Chevrolet Tracker (MY2025) modelini bank orqali bo‘lib to‘lashda LTZ PLUS, Premier PLUS va REDLINE variantlari uchun 4 million so‘m chegirma ham taqdim etilmoqda. Shuningdek, avtomobillar aksiya doirasida chegirmasiz narxda taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Damas 3 haqida to‘liq rasmiy ma’lumot e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek