
Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini bir qator banklardan 0% foiz stavkasi bilan xarid qilish mumkin. Bu haqda «UzAuto Motors» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Boshlang‘ich to‘lov miqdori va to‘lov muddati tanlangan shartlarga qarab, 20% dan 70% gacha o‘zgaradi, muddat esa 24 oydan 60 oygacha bo‘lishi mumkin.
Banklar:
«Kapitalbank»
«Infinbank»
«Tengebank»
«Asakabank «
«Davrbank»
«Asia Alliance Bank»
«Ipotekabank «
«Apexbank»

Chevrolet Tracker (MY2025) modelini bank orqali bo‘lib to‘lashda LTZ PLUS, Premier PLUS va REDLINE variantlari uchun 4 million so‘m chegirma ham taqdim etilmoqda. Shuningdek, avtomobillar aksiya doirasida chegirmasiz narxda taklif qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Damas 3 haqida to‘liq rasmiy ma’lumot e’lon qilingani haqida yozgan edi.