Yangiliklar

Tramp Grenlandiya aholisining har biriga 1 million dollar bermoqchi

Grenlandiya aholisi 57 ming kishi arofida
Tramp Grenlandiya aholisining har biriga 1 million dollar bermoqchi/ Foto: Mathias Berlin / Shutterstock

Donald Tramp Grenlandiya aholisiga orolni AQShga qo‘shilish tarafida ovoz bersa, har bir kishiga $1 mln berish g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Tramp moliyaviy to‘lovlarni aholini AQSh yurisdiksiyasiga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashga ishontirishning mumkin bo‘lgan usullaridan biri deb hisoblamoqda.

Bundan avval ommaviy axborot vositalari Oq uyda aholi uchun $10 mingdan $100 minggacha bo‘lgan bir martalik to‘lovlar ham muhokama qilinganini xabar qilgan edi. Ushbu chora orolni Daniya tarkibidan chiqishga va AQSh bilan keyingi muzokaralarga undashi mumkinligi aytilgan.

Shu bilan birga, manbalar bunday takliflar Grenlandiya aholisida kamsituvchi taassurot qoldirishi va salbiy reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ma’lumot uchun, Grenlandiyada taxminan 57 ming kishi yashaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Grenlandiya sababli Yevropa davlatlariga boj kiritish fikridan qaytgani haqida xabar bergan edik.