Yangi O‘zbekiston bog‘i ob-havo sababli vaqtincha yopiladi
eʼlon qilindi
22-yanvardan boshlab

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Toshkent shahrida joylashgan Yangi O‘zbekiston bog‘i vaqtincha yopiladi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 22-yanvar kuni bog‘ soat 17:00 dan boshlab tashrif buyuruvchilar uchun yopiladi. Bog‘ ma’muriyati yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, aholidan xavfsizlik qoidalariga amal qilishni so‘raydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida kuchli qor yog‘ishi sababli aholi ogohlantirilgan edi.