Yangi Toshkent poytaxt infratuzilmasidagi bosimni kamaytiradi — Sodiq Safoyev

eʼlon qilindi
Yangi Toshkent shahrining qurilishi poytaxtda aholi zichligini kamaytiradi
Yangi Toshkent
Foto: Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi

Yangi Toshkent shahrini barpo etish tashabbusi nafaqat poytaxt, balki butun O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega loyiha hisoblanadi. Bu haqda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Yangi Toshkentni qurish bo‘yicha qabul qilingan qaror bugungi zamon talablari va mamlakatning uzoq muddatli rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan muhim qadamdir. Loyihaning amalga oshirilishi hozirgi Toshkent shahridagi ortiqcha yukni kamaytirib, poytaxt infratuzilmasi va ekologik muhitiga sezilarli yengillik beradi.

«Bu qaror nafaqat Toshkent, balki butun O‘zbekiston uchun muhim. Aytish mumkinki, Yangi Toshkent hozirgi poytaxtning yukini yengillashtiradi, unga ma’lum ma’noda nafas olish, rivojlanish uchun yangi imkoniyat yaratadi», — dedi Safoyev.

Senat raisi o‘rinbosari Yangi Toshkent loyihasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday yirik infratuzilmaviy tashabbuslar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yangi Toshkent shahrining qurilishi poytaxtda aholi zichligini kamaytirish, zamonaviy shaharsozlik standartlarini joriy etish va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi Toshkent 2 million aholiga mo‘ljallangan yirik megapolisga aylanishi haqida yozgandi.

Shuningdek